Manuscript Submission


Hurmatli talabalar, magistrantlar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchi doktarantlar!!!

1) 01.00.00 - FIZIKA-MATEMATIKA
2) 02.00.00 - KIMYO
3) 03.00.00 - BIOLOGIYA
4) 04.00.00 – GIOLOGIYA
5) 05.00.00 - TEXNIKA
6) 06.00.00 – QISHLOQ XO’JALIGI
7) 07.00.00 - TARIX
8) 08.00.00 - IQTISODIYOT
9) 09.00.00 - FALSAFA
10) 10.00.00 - FILOLOGIYA
11) 11.00.00 - GEOGRAFIYA
12) 13.00.00 - PEDAGOGIKA
13) 17.00.00 – SANATSHUNOSLIK
14) 18.00.00 - ARXITEKTURA
15) 19.00.00 - PSIXOLOGIYA
16) 22.00.00 - SOTSIOLOGIYA

16 soha bo'yicha OAK ro'yxatidan o'tgan «ZAMONAVIY FAN TA’LIM VA TARBIYANING DOLZARB MUAMMOLARI» jurnaliga maqolalar qabul qilish doimiy amalga oshiriladi. OAK ro‘yxatidan o‘tgan «Zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari» ilmiy elektron jurnaliga maqola qabul qilish talablari:

1. Maqola matni ingliz tilida va kamida olti varoqdan iborat bo’lishi lozim.
2. Ikkita taqriz (ichki va tashqi). Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha PhD yoki fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi.
3. Muallif maqolani ingilz tiliga to‘g‘ri tarjima qilinganligi yuzasidan kafolat xati taqdim qilinishi zarur. Ilmiy maqolaga faqatgina ingiliz tili yonalishida PhDga ega bolgan mutahassis kafolat xati qabul qilinadi.

Maqolada bo’lishi lozim:

1. UDK.
2. Maqola mavzusi (Title)
3. Muallifning to’liq ismi familyasi, lavozimi va ish joyi toliq yozilishi lozim va telefon raqami ko’rsatilishi kerak. (Author information)
4. Maqola annotatsiyasi uch tilda yozilishi lozim. Oʻzbek, rus va ingiliz tilida (Abstract) 5. Kalit so‘zlar Oʻzbek, rus va ingiliz tilida (Key words)
6. Kirish (Introduction)
7. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
8. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
9. Tahlil va natijalar (Analysis and results)
10. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Maqolaning asosini tashkil qilib asosan otkazilgan tadqiqod yoki tajriba yuzasidan kamida 3ta taklif aniq va londa qilib 1)…2)…3)… tartibida ko’rsatilishi lozim.
11. Adabiyotlarning ro‘yxati ingliz tilida [1], [2], [3] ketma-ketligida qo‘yiladi va maqolada foydalanilgan joyida [1],[2],[3]…tartibida keltiriladi xamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim. (References)
12. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi.
13. Qayd etilgan talablar asosida shakillantirilgan maqolalar maxsus plagiat tekshiruvidan oʻtkaziladi, 70% va undan yuqori oʻziga hoslik koʻrsatkichi boʻlgan maqolalar qabul qilinadi va shundan song taxririyat kengash a’zolariga maqolani koʻrib chiqish uchun taqdim qilinadi.

Yuqoridagi talablar darajasida rasmiylashtirilmagan maqolalar qabul qilinmaydi va muallifga yozma javob berilmaydi.
Qabul qilingan maqolalar o’rnatilgan tartibda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng saytda e’lon qilinadi va elektron to‘plamga kiritiladi. Elektron toʻplam maqolalar kelib tushishiga qarab davriy nashr qilinadi va toʻplam holida http:// khorezmscience.uz saytida e’lon qilinadi.
Muallif maqolani word shakilda ichki, tashqi taqriz va kafolat xatini PDF shakilda ziplangan elektron papkaga ism sharifini hamda jurnal yoʻnalishlaridan toʻgri keladigan yoʻnalish nomini yozib telegram kanali @Readerkit86 orqali, yoki [email protected] elektron poʻchtasiga hamda http://khorezmscience.uz saytida roʻyxatdan oʻtgan holda joʻnatishi mumkin.
Boshqa ma’lumotlar uchun Bunyod Allabergenov (+99891-018-0702) bilan bog’laning.

ELEKTRON JURNALDA ILMIY MAQOLA CHOP ETISH AFZALLIKLARI.

Bir vaqtlari qandaydir ma’lumot yoki asarni topish uchun albatta kutubxonaga yoki kitob dokoniga borish lozim edi. Bugun barcha turdagi axborot almashinuvi toʻlaligicha electron tizimga oʻtib b’oldi. Har qanday izlanuvchi Internet atalmish korinmas olamga ulanish uchun ozining dastgoxidagi maxsus tugmani bosib izlayotgan mavzusini yozishning oʻzi kifoya. Bir zumda oʻsha mavzudagi axborot paydo boladi.
Hoʻsh, oddiy va eski usuldgi bosma tarzda chop etiladigan maqolalardan electron tarzda chop etiladigan maqolalar nimasi bilan farq qiladi? Bu savolning ozida javob yozilgandek. Faqat uni yana bir bor shunchaki sanab oʻtamiz.

1. Elektron formatdagi jurnalni oʻz vaqtida olish va yetkazib berish хizmatining ishiga bogʻliq boʻlmaydi. Bilamizki, qator hududlarda oʻquvchilar jurnallarning bosma versiyalarini har doim ham oʻz vaqtida olishmaydi, bu esa muayyan noqulayliklar va noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Elektron versiyaga oʻtish bu muammoni bartaraf etish imkonini beradi.
2. Jurnalning elektron versiyasi muallifga arzonroq tushadi. Noshir yetkazib berish va bosish uchun хarajat qilmaydi hamda u mazkur tejamkorlikni mualliflar bilan ham baham koʻradi.
3. Elektron jurnalda ma’lumot izlash zamonaviy dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Izlash satrida kalit soʻzlarni kiritish kifoya – natija darrov koʻrinadi! U yoki bu material bosma jurnalning qaysi sonida chop etilganini eslab, uni sahifalarini varaqlashga umuman hojat yoʻq!
4. Elektron jurnallarda maqolalar va materiallarning mualliflari havola keltirayotgan barcha huquqiy hujjatlar bazasi saqlanadi va bularning hammasi mutlaqo bepul!
5. Elektron tarzda e’lon qilingan maqolalarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet tarmogiga ulangan holda oʻqish mumkin. Buning uchun muallif ismi sharifi yoki izlanyotgan mavzuni yozilshining oʻzi etarli.
6. Eng asoaiysi muallif qanchalik boy va qiziqarli ma’lumot toʻplagan boʻlsa uning maqolasidan shunchallik koʻp foydalanishadi va bu oʻz oʻrnida muallfning iqtiboslik darajasini oshishiga xizmat qiladi va qisqa muddatda muallifni oʻz sohasida dunyoga tanitadi.

Bunday manfaatlarni yaхshi tushunib yetgan mualliflarning soni yildan-yilga ortib boryapti. Agar bundan besh yil muqaddam hali koʻpchilik davriy nashrlardan Internet orqali foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni xatto tasavvurlariga sigʻdira olishmagan boʻlsa, oхirgi uch yilda dunyo boʻylab elektron jurnallarda maqola e’lon qiluvchilarning soni besh baravarga koʻpaydi.