Urganch davlat universitetining elektron ilmiy to’plami haqida umumiy ma'lumot.

Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishni yanada mustahkam aloqasini ta'minlash maqsadida, shuningdek ilmiy tadqiqot tashkilotlari hamda real sektor korxonalari o‘rtasida innovatsion hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.07.08 yildagi PQ-916-sonli Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy o‘quv yurtlari oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.

Ushbu vazifalarni hal etish  maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.06 yildagi 214-sonli O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori har tomonlama o‘rganib chiqildiUshbu qarorning birinchiUmumiy qoidalarnomli bobining ikkinchi bandida ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi, deb ta'kidlanganligi bois Urganch davlat universitetining Mintaqada zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari nomli ilmiy elektron jurnalini ta'sis etish bo‘yicha Ilmiy Kengash qarori qabul qilindi.

Ushbu elektron ilmiy jurnalda mualliflar o‘z maqolalarini aniq va tabiiy fanlar, ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnika fanlari, pedagogika-psixologiya va tibbiyot sohalarining dolzarb masalalari va ularning echimlariga, sanoat, infratuzilmalar, transport va kommunikatsiya qurilishini innovatsion rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirish, uzoq istiqboldagi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish va innovatsion iqtisodiyot raqobatbardoshligini yanada oshirishni ta'minlash masalalariga qaratishlari tavsiya etiladi.

Hozirgi kunda ilmiy elektron jurnallar chet elning yetakchi universitetlarida keng joriy qilingan. Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bilan umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar negizida tashkil qilinayotgan elektron ommaviy axborot vositalarining salmog‘i ortib bormoqda. Bu turdagi nashrlarning keng amaliyotga joriy etilishi nafaqat axborotlarni tezkor yetkazib berishni oshiradi, balki qog‘ozdan ham samarali foydalanishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.10 yildagi 155-sonli Respublikada qog‘ozni tejash va undan ratsional foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqidagi Qarorida ham boshqaruv tizimi, lokal va tarmoqlararo masalalarni tezkor hal qilish jarayonlarida qog‘ozni sarf qilishni kamaytirish borasida axborotkommunikatsiya texnologiyalari keng joriy qilinib borilayotgani ta'kidlab o‘tilgan. Elektron hujjat almashuvi tizimidan amaliyotda keng foydalanishga o‘tilmoqda va davlat hamda tashkilotlarning interaktiv turdagi xizmatlari tarmog‘i kengaymoqda. Boshqaruv jarayonlarining hujjat aylanishida qog‘ozni tejash va undan ratsional foydalanish borasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish vazifasi ushbu qarorda dolzarb qilib keltirilgan.

Nashr qilinayotgan Mintaqada zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari nomli ilimy elektron jurnal OAK Rayosatining 2017 yil 17 martdagi 239/5-son Qarori bilan “Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e'lon qilinishi lozim bo‘lgan respublika ilmiy jurnallari ro‘yxati”ga kiritilgan.

Respublikamizning yetuk olimlari va amaliyotchilarining nufuzli ilmiy ishlari natijalari bilan yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlarni yaqindan tanishtirib borish hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida erishilayotgan innovatsion yutuqlarini ommaga tezkorlik bilan yetkazib berish ushbu elektron jurnalning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Jurnalning Internet axborot tarmog‘idagi manzili www.khorezmscience.uz deb nomlanadi.